Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda
O‘zbekistonning katta qismida hafta o‘rtasiga borib harorat maksimumi +40 darajagacha, cho‘llar va janubiy viloyatlarda esa +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Hafta oxirida esa mamlakatning katta qismiga navbatdagi salqin havo oqimi kuchli shamol va chang bo‘ronlari bilan kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston bo‘yicha +28...+33 daraja, janubda +35 darajagacha bo‘lgan qulay harorat fonida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda.
Ertadan havo harorati ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasida kunduz kunlari havo +35...+38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +40...+42 darajagacha isiydi.
Ish haftasi oxiriga borib, salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga harorat +30...+32 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 22–23 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 22–23 may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida 19–23-may kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi harorat +28...+30 daraja bo‘ladi, 20–22 mayda asta-sekin +35...+38 darajagacha ko‘tariladi, 23 mayda +30...+32 daraja bo‘ladi.
22–23 may kunlari shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi
Jahon | 06:21
-
Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 06:02
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
Mavzuga oid

12:36 / 20.06.2025
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

12:01 / 20.06.2025
Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

14:08 / 16.06.2025
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

15:46 / 13.06.2025