O‘zbekiston | 13:58 / 29.04.2025
13413
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

Holat Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgan. Maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortilgan va pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan jazosini olgan.

Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyatida maktab direktorining dars vaqtida sinfxonalardan biriga kirib, o‘quvchi qizni kaltaklagani aks etgan tasvirlar bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat 7 aprel kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yig‘maganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketadi.

Idora xabarida holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgani, shuningdek, unga pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Samarqandda darsga kech kelgan 7-sinf o‘quvchisiga tashlanib, unga zo‘rlik va tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olingandi.

Mavzuga oid