Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi
Yangi Namangan tumanida mashina boshqarib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Ular mashinani 1 mln so‘m evaziga 8 soatga ijaraga olishgani ma’lum bo‘ldi. Bolalar avtomobilni katta tezlikda boshqarib borib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Foto: Videodan kadr
Yangi Namangan tumanida o‘quvchilar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 15 aprel kuni sodir bo‘lgan. Yangi Namangan tumanidagi 70-umumta’lim maktabining 2 nafar 8-sinf o‘quvchisi Telegram’dagi guruhdan Spark mashinasini 8 soatga ijaraga olishgan. Buning evaziga mashina egasiga 1 mln so‘m berishgan.
O‘quvchilar mashinani katta tezlikdan boshqarib ketayotib yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan. YTH oqibatida ular turli tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Eng achinarlisi, ushbu bolalar tahsil oladigan maktabda viloyat YHXB tomonidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Aynan shu bolalar voyaga yetmagan holda avtomashina boshqargani uchun ularning ota-onalari, ustozlari, mas’ullar ogohlikka chaqirilgandi. Bolaning tegishli xulosa chiqarmagani uni halokatga yetakladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bolalarga mashinani ijaraga bergan shaxsning o‘zi hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. U mashinani 12 aprel kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan sotib olgani aniqlangan. Spark egasi qilgan ishidan pushaymonligini aytib, qaytib bu xatoni takrorlamasligini bildirgan.
“120 tezlikda tormozim ishlamay qoldi. 1 mln so‘mni dadamning ishxonasidan oldim. Dadamning bundan xabari bo‘lmadi”, degan YTH paytida mashina boshqaruvida bo‘lgan o‘quvchi.
Bolaning otasi Namanganda ko‘plab ota-onalar farzandlari ijaraga olingan mashinada YTHga uchrashi ortidan aziyat chekayotganini aytib, mashinasini voyaga yetmaganlarga ijaraga berayotgan “tadbirkor”larni pul uchun vijdonini sotmaslikka chaqirgan.
Kun.uz oldinroq Namanganda mashinani noqonuniy ijaraga berish “biznes”ga aylanayotgani va buning oqibatida bolalar halok bo‘layotgani haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16 / 13.07.2025