Jahon | 16:37 / 28.04.2025
2968
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak taxminan 15 metr balandlikdan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Foto: sreda42.pro

Rossiyaning Kemerovo shahrida qurilayotgan madaniy klasterda 46 yoshli erkakning jasadi topilgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Migrantning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda, deb xabar berdi NGS42.

Qurilish sohasidagi manbaning aytishicha, marhum asli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, taxminan uch hafta oldin 46 yoshga to‘lgan. Uning ismi sharifi xabarda keltirilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak taxminan 15 metr balandlikdan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Madaniy klaster qurilishini olib borayotgan «Stroytransgaz» kompaniyalar guruhi matbuot xizmati halokat faktini tasdiqlab, erkak betonchi bo‘lib ishlaganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid