Rossiyada chet elga pul o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinadi
30 maydan boshlab yirik summalarni faqat bank hisobraqamidan jo‘natish mumkin.

Foto: TASS
2025 yil 30 maydan boshlab Rossiyadan xorijiy davlatlarga pul o‘tkazish tartibi o‘zgaradi. Endi Rossiya fuqarolari va xorijliklar 100 ming rubldan ortiq mablag‘ni faqat bank hisobraqamidan jo‘natishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ilgari bunday cheklovlar bo‘lmagan, xorij fuqarolari, jumladan, migrantlar faqat pasportini ko‘rsatish orqali xorijga istalgan summani o‘tkazishi mumkin edi.
Endi 100 ming rubldan ortiq mablag‘ni yuborish uchun Rossiya fuqarolari ham, chet elliklar ham bankka hujjatlarning to‘liq paketini taqdim etishi kerak. Xususan, mobil hamyon to‘liq tekshirish yoki identifikatsiyadan o‘tishi kerak.
Yangi qoidalarga ko‘ra, Rossiya banklari 100 ming rubldan ortiq summani o‘tkazishda jo‘natuvchilardan qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega - masalan, pul o‘tkazmasining maqsadi va oluvchining shaxsi haqida.
Rossiya rasmiylarining aytishicha, yangi tartib noqonuniy yo‘l bilan olingan mablag‘larni legallashtirishga va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan kapitalni eksport qilishga qarshi kurashishga qaratilgan.
E’tibor bering, Rossiya banki kartasidan boshqa davlat banki kartasiga pul o‘tkazishda hech qanday cheklov yo‘q.
Bank hisobraqamini ochish uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?
- pasport;
- bank hisobraqamini ochish uchun ariza;
- shaxsiy soliq raqami (INN);
- yashash joyini tasdiqlovchi hujjat;
- hisob turiga va mijozning holatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar (jismoniy shaxs, tadbirkor, tashkilot);
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (tadbirkorlar va kompaniyalar uchun);
- bank talabiga binoan boshqa hujjatlar.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

01:59
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida

01:30
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV

00:59
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi

00:15