Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi
Taqiqni chetlab o‘tishga qaratilgan har qanday urinish ruxsat etilmagan miting sifatida baholanadi va tegishli choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Shunga qaramay, tashkilotchilar ruxsat berilmasa ham aksiyani o‘tkazishlarini aytmoqda.

Qozog‘iston shaharlarida 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazilishiga ruxsat berilmadi, deb yozmoqda «Nastoyashcheye vremya». Jumladan, Olmaota hokimligi ham ushbu tadbirning o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan. Rusiyzabon aholining katta qismi yashaydigan Pavlodar va Petropavlovskda rasmiylar tadbirni internetga ko‘chirish hamda frontdagi askarlarning suratlarini maxsus LED-ekranlarga joylashtirishni taklif qilgan. Rasmiy sabab — bo‘sh maydonlarning yo‘qligi. Taqiqni chetlab o‘tishga qaratilgan har qanday urinish ruxsat etilmagan miting sifatida baholanadi va jarima yoki hibsga olinishga sabab bo‘ladi.
Buning fonida Olmaotada namoyishlar o‘tkazmoqchi bo‘lgan odamlar SSSR bayrog‘i bilan mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga murojaat yo‘lladi. «Biz g‘oliblarning avlodlarimiz, 9 may kuni Olmaota ko‘chalari bo‘ylab Qozog‘istonda «Qahramonlarga ta’zim» deb ataladigan «O‘lmas polk» yurishlarini o‘tkazishni xohlaymiz… Prezident va joylardagi barcha mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilib, ushbu vatanparvarlik tuyg‘ularimizni namoyon etishga ruxsat berishlarini so‘raymiz», — deyiladi videoda. Ular hokimlik amaldorlarini «antisovetlar» deb atab, ular ruxsat bermasa ham aksiya o‘tkazilishidan ogohlantirmoqda.
Taldiqorg‘on, Qizilo‘rda, Turkiston, O‘ral, Atirau va Kostanayda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan yurishlarni o‘tkazish rejalashtirilmayapti. Qozog‘iston poytaxtida ham vaziyat shunday. Ostona hokimi Jyenis Kasimbek kimdir «O‘lmas polk» tashkillashtirish niyatida ekanini birinchi marta eshitib turganini aytib, 7 may kuni uzoq yillik tanaffusdan keyin shaharda aviashou ishtirokida harbiy parad o‘tkazilishini eslatdi. Shu bilan birga Petropavlovskda o‘zlarini «volontyorlar» deb atayotgan odamlar paydo bo‘lgan, ular qozoqlarni Rossiya rubli evaziga namoyishlarda ishtirok etishga yollamoqda.
Qozog‘iston shaharlarida «O‘lmas polk» oxirgi marta 2019 yilda o‘tkazilgan edi. Keyin koronavirus pandemiyasi sabab ikki yil tashkil etilmadi. 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, aksiya o‘rnini milliy ramzlarga ega «Qahramonlarga ta’zim» nomli tadbirlar egalladi. Shunga qaramay, tantanali yurishlar oldingisidan deyarli farq qilmasdi — ularda ham Ikkinchi jahon urushi davridagi bayroqlar va veteranlarning portretlari ko‘tarilgan holda kolonna harakat qiladi. 2023 va 2024 yillarda hukumat «dunyodagi notinch vaziyat», provokatsiya ehtimolligi va mamlakatdagi suv toshqinlari sabab yurishlarni bekor qilgandi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi
Jahon | 00:19
-
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 00:17
-
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi - foto
O‘zbekiston | 23:47 / 28.05.2025
-
Ispaniyada IIVning sobiq davlat kotibi jinoiy guruh ishi doirasida hibsga olindi
Jahon | 23:34 / 28.05.2025
Mavzuga oid

21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi

08:50 / 22.05.2025