Ispaniyada IIVning sobiq davlat kotibi jinoiy guruh ishi doirasida hibsga olindi
Shuningdek, hibsga olinganlar orasida haker Xose Luis Uertas ham bor. U mamlakat sud kengashi tizimini buzib kirib, 500 ming kishining ma’lumotlarini darknetda sotib yuborgan.

Foto: El Independiente
Ispaniya politsiyasi jinoiy tashkilot, pul yuvish va axborot tizimlarini buzib kirish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida bir necha shaxsni hibsga oldi, deb yozmoqda El Independiente. Qo‘lga olinganlar orasida sobiq davlat kotibi Fransisko Martines, haker Xose Luis Uertas, «Valyrio» nomi bilan tanilgan bloger Alvaro Martin hamda ismi oshkor etilmagan to‘rtinchi gumonlanuvchi bor.
Xose Luis Uertas 2023 yilda tanilgan edi. U Ispaniya sud hokimiyati Bosh kengashi tizimini buzib kirib, 500 ming kishining ma’lumotlarini o‘g‘irlagan va ularni darknetda sotib yuborgan. O‘shanda politsiya o‘z hisobotida 19 yoshli hakerni «milliy xavfsizlikka tahdid» deb atagandi. Sodir etgan jinoyati uchun u bir necha hafta hibsda o‘tirgan: qo‘lga olinganidan keyin tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan va qariyb 1 million yevro saqlangan kriptovaluta hamyoniga kirish imkoniyatini taqdim etgan.
Haker voyaga yetguniga qadar ham noqonuniy ishlarni amalga oshirgan — u shahar va davlat internet tizimlarini buzib kirgan. Bir safar unga Fransisko Martines advokatlik qilgan va navbatdagi sud jarayoni vaqtida Uertas uchun ikkita kompaniya ochib bergan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Martinesga nisbatan hozirgi tergov faqat ushbu kompaniyalarning ochilishiga taalluqli — haker ularning boshqaruvida ishtirok etmagani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

14:54 / 20.06.2025
Ispaniya bosh vaziri YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga qarshi

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

00:22 / 18.06.2025
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi

12:32 / 16.06.2025