FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
Shu kabi muammoga duch kelgan fuqarolardan biri ijtimoiy tarmoqlarda ochiqchasiga Ukrainani qo‘llab-quvvatlab kelgan va Rossiyani bosqinchi deb atagan.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘istonliklar Rossiyaga kirishda tobora ko‘proq rad javobini olmoqda. Bunday holatga «Adolat yo‘li» birlashmasi ijrochi direktori Didar Smagulov duch keldi. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Rossiya chegarasida FXX chegara xizmati unga mamlakatga kirish umrbod taqiqlanganini ma’lum qilgan. Smagulov ochiqchasiga Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi: u ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyani bosqinchisi deb atagan, Ukraina shiorlari va bayrog‘ini joylashtirgan. 2024 yilda u AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari Entoni Blinkendan korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyati uchun mukofot olgan.
Rossiyaga kirishga qo‘yilgan taqiq masalasi Telegram hamda Facebookʼda faol muhokama qilinmoqda va Smagulov bunga duch kelgan yagona odam emas. Qozog‘istonlik Yerjan Bateshovning aytishicha, uni Ostonada samolyotga chiqarishmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, chipta rasmiylashtirgan va to‘lovni amalga oshirgan bo‘lishiga qaramay, reysga ro‘yxatdan o‘tishda familiyasi yo‘lovchilar orasida bo‘lmagan.
«Reyslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kassaga o‘tishimni so‘rashdi. U yerda menga Rossiyaga kirishim uchun taqiq qo‘yilganini ma’lum qilishdi», — deb yozadi Bateshov. U ijtimoiy tarmoqlarga Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neft obektlariga hujumlariga oid roliklarni joylagan. Qozog‘istonlik yana bir fuqaro Eliya Axetovaning ma’lum qilishicha, unga 2022 yil martidan boshlab Rossiyaga kirish 10 yil muddatga taqiqlangan.
Ta’kidlanishicha, qozoqlarning Rossiyaga kirishiga qo‘yilgan taqiq Ukraina fuqarolariga qo‘llangani kabi ommaviy xarakterga ega emas. Ukrainaliklarning RF hududiga kirishga urinishlari so‘roqlar, chegarada puxta tekshirishlar, shuningdek, 20 yildan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiy kirish taqiqini olish holatlarini keltirib chiqaradi.
Smagulin va boshqa qozog‘istonliklarga qo‘yilgan taqiq muammosiga Qozog‘iston TIV rahbari o‘rinbosari Akan Rahmetullin izoh berdi. «Sabablar har xil bo‘lishi mumkin va odatda bu mamlakat sabablarni oshkor qilmaslik bo‘yicha to‘liq suveren huquqqa ega», — deydi u. Vazir o‘rinbosari o‘zida Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlangan ro‘yxat yo‘qligini ma’lum qildi. Aprel oyida Rossiyaga kirishning yangi qoidalari kuchga kirgan va har bir chet el fuqarosi uchun raqamli profil shakllantirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
Mavzuga oid

21:34
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi

14:56
Kreml: Ukraina bilan halok bo‘lganlar va asirlarni almashish bo‘yicha o‘zaro tushunish yo‘q

11:39
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:09