Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va xiyobonlar hududlarida giyohvandlik vositalari, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida kinologiya punktlari tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz
"Toshkent shahridagi jamoat joylarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba-sinov tariqasida kinologiya punktlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahridagi jamoat joylari, xususan, istirohat bog‘lari va xiyobonlar hududlarida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida 2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 30 sentabrga qadar tajriba-sinov tariqasida kinologiya punktlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va xiyobonlarda tashkil etiladigan kinologiya punktlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilayotgan kinologiya punktlarida xizmatni tashkil etish Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘limining amaldagi shtat birliklari doirasida tashkil etiladi;
- Kinologiya punktlari Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan Milliy gvardiyaning buyurtmasi bo‘yicha “dual tizim asosida (“giyohvandlik vositalarini qidirish” va “antiterror” yo‘nalishlarida) tayyorlangan xizmat itlari bilan shartnoma asosida ta’minlanadi;
- mazkur qarorni bajarishda tegishli inshootlar hamda xizmat itlari uchun maxsus joylar qurish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar davlat mulkiga tegishli bo‘lgan obektlarda Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
- xususiy investorlarga ijaraga berilgan obektlarda tegishli inshootlar hamda xizmat itlari uchun maxsus joylar qurish Toshkent shahar hokimligi bilan kelishuvga ko‘ra investorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagilar kinologiya punktlarida xizmat olib boruvchi xodim va harbiy xizmatchilarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- fuqarolar va ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari, qo‘l yuklari, narsa va buyumlari hamda ashyolarida giyohvandlik vositalarini xizmat itlarini qo‘llagan holda aniqlash choralarini ko‘rish;
- jamoat xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda faol ishtirok etish;
- aholi gavjum bo‘ladigan xiyobon, istirohat bog‘larida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ishtirok etish;
- kinologiya punktida giyohvandlik vositalari yoki boshqa huquqbuzarliklar bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish.
Mavzuga oid

12:43 / 11.10.2023
Koreya bojxona xizmati O‘zbekistondan 3 ta it sotib oldi

20:42 / 08.03.2023
O‘zbekiston qutqaruvchi itlarining Turkiyadagi xizmati e’tirof etildi

07:57 / 15.02.2023
Ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalari pulli xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi

19:40 / 24.03.2022