O‘zbekistonga Niderlandiyadan 5 bosh bojxona itlari olib kelindi
Xorijdan olib kelingan 3 bosh Belgiya va 2 bosh nemis ovcharkasi Afg‘oniston hamda Tojikiston bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida xizmatga safarbar qilinishi kutilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi faol hamkorlik doirasida Toshkent xalqaro aeroportiga Istanbul-Toshkent reysi bilan 3 bosh Belgiya va 2 bosh nemis ovcharkasi olib kelindi.


Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur itlar Niderlandiyaning Police Dogs Centre tashkiloti tomonidan Milliy kinologiya markaziga beg‘araz tarzda taqdim qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha BMTning giyohvand moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatlarning oldini olish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Niderlandiyadan keltirilgan 5 bosh xizmat itlari maxsus pitomniklarga joylashtirilgan. Belgilangan karantin muddati va iqlimga moslashish jarayonlari yakuniga yetgach, ushbu itlar Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida xizmatga safarbar qilinadi.
Mavzuga oid

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025