Koreya bojxona xizmati O‘zbekistondan 3 ta it sotib oldi
Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida tayyorlangan 3 bosh «labrador» zotli xizmat itlari ilk bor xorijga eksport qilindi.

Foto: Bojxona
Joriy yilning yozida Koreya bojxona xizmati O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidan 3 bosh «labrador» zotli xizmat itlarini xarid qilgan.
Qayd etilishicha, 2022 yilda Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Koreyada bo‘lib, ushbu davlatning bojxona xizmati rahbarlari bilan kinologiya sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, yuqoridagi 3 ta it mazkur hamkorlik doirasida yetkazib berilgani boisdan ularning narxi ochiqlanmasligi ko‘zda tutilgan.
Koreya bojxonasida O‘zbekistonda o‘rgatilgan xizmat itlaridan foydalanish tarixda ilk bor amalga oshirilmoqda. Milliy kinologiya markazida tayyorlangan xizmat itlarini kelgusida boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025