Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qutqaruvchi itlarining Turkiyadagi xizmati e’tirof etildi
It vayronalar ostida tirik odamni topsa baland ovozda huradi, jasadni topsa ingraydi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiyada vayron bo‘lgan uylar ostidan odamlarni qutqarishda O‘zbekistondan kelgan maxsus o‘rgatilgan itlar muhim rol o‘ynadi. Bu haqda Anadolu agentligi yozdi.
Qahramonmarashda sodir bo‘lgan halokatli zilzila zonasida o‘zbekistonlik kinologlarning mehnati tufayli 18 kishi qutqarildi.
Hataydagi Antokiya shahri, Ovakent mahallasida odamlarni qidirishda ishtirok etgan kinolog Ubaydulla Ro‘zmetov Turkiyadagi tajribalarini aytib berdi.
Ro‘zmetov tabiiy ofat hududida «Baron» laqabli it bilan ishladi. O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv guruhida jami 5 ta it bilan kinologlar ishladi va ular vayronalar ostidan odamlarni topishga yordam berdi.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar tabiiy ofat hududiga yetib borganidan darhol ishga kirishdi. Shu kuni itlar yordamida 81 yoshli ayol vayronalar ostidan qutqarib olindi.
Ro‘zmetov birinchi marta bunday katta halokatni ko‘rganini tan oldi.
«O‘rgatilgan itlar vayronalar ostidagi teshiklarga, qutqaruvchilar yetib bora olmaydigan tor joylarga kirishi mumkin. It vayronalar ostida odamni topsa, darhol ovoz beradi: tirik odamni topsa baland ovozda huradi, jasadni topsa ingraydi», dedi u.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida magnitudasi 7 balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 8 mart holatiga zilzila qurbonlari soni 46 ming kishidan oshdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

08:20 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi

18:52 / 23.07.2025