YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
Yevrokomissiya boshpana so‘rovlari tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladigan yettita «xavfsiz uchinchi mamlakat»ni aniqlashni rejalashtirmoqda.

Foto: UNHCR
Yevrokomissiya boshpana so‘rovlari tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladigan va katta ehtimol bilan rad etiladigan yettita «xavfsiz uchinchi mamlakat»ni aniqlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Euractiv. Dastlabki ro‘yxatdan Bangladesh, Kolumbiya, Misr, Hindiston, Kosovo, Marokash va Tunis o‘rin olgan.
Xavfsiz uchinchi mamlakat konsepsiyasi boshpana so‘rovchilarni ushbu davlatga yo‘naltirish imkonini beradi — bu orqali fuqarolar o‘zlari so‘rov yuborgan davlatdan emas, balki mazkur mamlakatdan himoya topishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YeI yuqoridagi yettita davlatdan kelib tushadigan boshpana so‘rovlarini katta ehtimol bilan rad etadi. Shu bilan birga, boshpana izlovchilarni o‘z mamlakatiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bu qadam YeI mamlakatlarida boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirish va xavfsiz uchinchi mamlakat konsepsiyasini tezkor qayta ko‘rib chiqish ortidan amalga oshirilishi mumkin. Euractiv’ning yozishicha, yangi reglamentda boshpana so‘rovchi shaxs bilan uni yuborish rejalashtirilayotgan uchinchi mamlakat o‘rtasidagi «aloqa» mezonini bekor qilish taklif etilmoqda.
Ikkinchi o‘zgarish YeI mamlakatlari hududida boshpana so‘rovi rad etilganda kiritiladigan apellyatsiyani kutishga taalluqli. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, boshpana so‘rovchi shaxs uning shikoyati sud tomonidan ko‘rib chiqilmagunga qadar mamlakatda qolish huquqiga ega. Yevrokomissiya sudning maxsus ruxsatiga ko‘ra, zudlik bilan deportatsiya qilishning oldini olish variantini muhokama qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi
Jahon | 16:47
-
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex
O‘zbekiston | 16:38
-
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Sport | 16:32
-
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi
O‘zbekiston | 16:29
Mavzuga oid

15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

21:07 / 28.03.2025
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi

00:29 / 10.03.2025