JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
Janubiy Afrikaning AQShdagi elchisi Ibrohim Rasul avvalroq Trampning ozchiliklarga nisbatan siyosatini tanqid qilgan edi.

Foto: AP
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Janubiy Afrikaning AQShdagi elchisi Ibrohim Rasulni persona non grata deb e’lon qildi. «Janubiy Afrikaning AQShdagi elchisini endi buyuk mamlakatimizda kutib olishmaydi. Ibrohim Rasul Amerikani yomon ko‘radi va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentini yomon ko‘radi, u irqchilik mavzusiga berilib ketgan siyosatchi. U bilan muhokama qiladigan hech narsamiz yo‘q, shuning uchun u persona non grata sanaladi», — deb yozdi Rubio 14 mart, juma kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
U postga Breibart nashri ma’lumotga havola qo‘ygan, unda Rasul Yoxannesburgdagi Mapungubwe instituti tadbirida nutq so‘zlab, Trampni «oq tanlilar yetakchiligi global harakati» yetakchisi deb atagan. Havola berilgan videoda diplomat AQShning amaldagi prezidenti tarafdorlarining MAGA (Make America Great Again)harakati «nafaqat ustunlik instinkti», balki mamlakatdagi demografik siljish natijasi bo‘lganini, «natijada AQSh elektorati 48 foiz oq tanli bo‘lishi taxmin qilinayotganini» tushuntiradi.
Tramp JARga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi
Donald Tramp 7 mart kuni AQSh Janubiy Afrikada 2024 yil oxirida qabul qilingan qishloq xo‘jaligi yerlarini ekspropriatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun tufayli uni federal moliyalashtirishni butunlay to‘xtatishini ma’lum qildi. Ushbu qoida hukumatga fermerlarning yerlarini ayrim hollarda egasidan «nol kompensatsiya» bilan tortib olish imkonini beradi. Shu bilan birga, rasmiylar yerni topshirish uchun har qanday holatda ham egasining roziligi talab qilinishini ta’kidlamoqda, muxolifatdagi «Demokratik alyans» partiyasi esa qonun mamlakat konstitutsiyasini buzadi va aparteid hukumati qo‘llagan choralarni eslatadi, deb hisoblaydi. Hozirda Janubiy Afrikadagi ekin maydonlarining deyarli 75 foizi oq tanli ozchilik vakillariga tegishli.
«Janubiy Afrika uzoq yildan beri mamlakatda yashovchi dehqonlarga nisbatan dahshatli ishlarni qilmoqda. Ularning yerlari va fermer xo‘jaliklari musodara qilinmoqda. Hozir u yer yashashga yaroqsiz va biz barcha federal mablag‘larni to‘xtatmoqdamiz», deb yozgan edi Tramp o‘sha paytda Truth Social'da. Bundan tashqari, u mamlakatni tark etishga qaror qilgan janubiy afrikalik fermerlar uchun Amerika fuqaroligini olish jarayoni soddalashtirilishini aytdi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy O‘zbekistonda "aqlli" logistika omborlarini quradi
Iqtisodiyot | 16:04
-
Putin Eronga berilgan zarbalarni «oqlab bo‘lmaydigan» deb atadi
Jahon | 15:59
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:52
-
🔴 LIVE: Eron Rossiyaga yuzlandi. Putin yordam beradimi?
Jahon | 15:45
Mavzuga oid

15:41
AQSh Eronga berilgan zarbalardan so‘ng mamlakatda teraktlar xavfi ortganidan ogohlantirdi

15:38
Eronga zarba bergan AQSh, Putinning oldiga kelgan Araqchi va Fordodan ko‘chirilgan yadro materiallari – kun dayjesti

14:30
NBC: Eron Vashingtonga AQSh hududidagi terroristik yacheykalarni uyg‘otish bilan tahdid qilgan

13:30