Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda "aqlli" logistika omborlarini quradi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamlov va Xitoyning ZTO Express kompaniyasi prezidenti Xu Syanlyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakat transport-logistika sohasini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda Xitoy kompaniyalari va moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi.
Uchrashuvda ZTO Express vakillari tomonidan kompaniya faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda ta’kidlanishicha, kompaniya logistika xizmatlari sohasida katta mavqega ega bo‘lib, yuklarni qabul qilish, saqlash, saralash hamda omborlardan yakuniy iste’molchilargacha bo‘lgan yuk yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Alibaba Group, JD.com, Pinduoduo kabi yirik elektron tijorat operatorlari kompaniyaning asosiy mijozlari hisoblanadi.
Muzokaralar davomida kompaniya prezidenti Xu Syanlyan O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikdagi loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Jumladan, aeroportlar hududida omborxonalar barpo etish va jihozlash, "aqlli" logistika omborlarini tashkil etish, O‘zbekiston hududida asbob-uskunalarni yig‘ish va keyinchalik qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun sanoat parklarini tashkil etish hamda bojxona rasmiylashtiruvi tizimini axborotlashtirish.
O‘z navbatida, transport vaziri Ilhom Mahkamov ZTO Express kompaniyasiga Navoiy viloyati hududida logistika markazlarini barpo etish, Toshkent davlat Transport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun Xitoy logistika xizmatlari sohasidagi tajribani o‘rganishga qaratilgan o‘quv dasturlarini tashkil etish kabi qator takliflarni ilgari surdi.
Muloqot yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilash maqsadida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

14:24
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

22:15 / 10.07.2025
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

17:15 / 10.07.2025