Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronga berilgan zarbalardan so‘ng mamlakatda teraktlar xavfi ortganidan ogohlantirdi
Agar Eron hukumati Qo‘shma Shtatlarga qarshi qasos olishga chaqiruvchi diniy farmonni e’lon qilsa, mamlakatda «zo‘ravon ekstremistlarning» zulmi xavfi ortishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Foto: AP / Jose Luis Magana
Amerikaning Eron yadro inshootlariga bergan zarbalari AQSh hududida terrorchilik hujumlari xavfini oshirdi, deyiladi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bayonotida. Departamentning ogohlantirishicha, agar Eron hukumati Qo‘shma Shtatlarga qarshi qasos olishga chaqiruvchi diniy farmonni e’lon qilsa, mamlakatda «zo‘ravon ekstremistlarning» zulmi xavfi ortishi mumkin.
«Ehtimoliy zo‘ravonlik nishonlariga AQSh muhim infratuzilmasi, diniy institutlari, maktablar, irqiy va etnik ozchiliklar, hukumat idoralari va xodimlari, jumladan huquqni muhofaza qilish organlari kiradi», deyiladi xabarda.
Departament, shuningdek, Eronning AQSh tarmoqlariga ehtimoliy kiberhujumlari haqida ham ogohlantirdi.
NBC telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Eron prezident Trampni AQSh hududidagi terrorchi guruhlarni faollashtirish bilan tahdid qilgan. Xabar o‘tgan hafta Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida vositachi orqali Trampga yetkazilgan edi. Tramp harakat imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun uchrashuvni tezda tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat kotibi Marko Rubio Eron o‘ch olishdan tiyilishi kerakligini aytgandi. «Bu tarixdagi eng dahshatli bo‘ladi», dedi u Fox News telekanalida.
«Biz Eron havo hududiga xohlagan vaqtda kirishimiz va chiqishimiz mumkin. Kecha tunda dunyoning narigi chekkasidan samolyotlar uchib keldi, zarba berdi va eronliklar hatto nima bo‘lganini tushunib yetgunga qadar orqaga qaytib ketdi», dedi davlat kotibi.
22 iyunga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Eronning Fordo, Natanz va Isfaxondagi yadroviy inshootlariga zarba berdi va shu tariqa Isroilning 13 iyundan beri davom etayotgan hujumlariga qo‘shildi. AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegsetning aytishicha, Eronning yadroviy ambitsiyalari AQSh hujumi tufayli «yo‘q qilingan».
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
Mavzuga oid

18:49
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

18:03
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

13:56
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

13:11