Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Yozning eng sevib iste’mol qilinadigan poliz ekinlaridan biri tarvuz hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda tarvuz tarkibida nitrat tuzlari miqdori me’yordan ortiqligi haqida videolar paydo bo‘ldi. Xo‘sh, o‘zi tarvuz tarkibida nitrat normasi qancha bo‘lishi kerak va uni qanday tekshirish mumkin? Kun.uz muxbiri bu borada kichik tajriba o‘tkazib, shu savollarga javob izladi.

Nitratlar azot kislotasining tuzlari hisoblanadi. U tarvuz tarkibida tabiiy ravishda oz miqdorda mavjud bo‘ladi. Ekinga sun’iy mineral o‘g‘itlar solinishi natijasida uning miqdori ko‘payishi mumkin. Ammo bu nitrat tuzlarining me’yordan doim ortib ketishini anglatmaydi.
Biz hozirgi tarvuzlarning tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlash uchun Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi laboratoriyasiga bordik. O‘zimiz bilan Toshkent shahridagi dehqon bozori va supermarketlardan biridan xarid qilingan ikki dona tarvuzni tekshirishga berdik.
Laborant Odil Usmonov tarvuzdagi nitrat miqdorini tekshirishga uzog‘i yarim soat vaqt ketishini aytdi. Biroq uning ta’kidlashicha, tarvuzdagi boshqa og‘ir metall tuzlari va pestitsidlar bo‘yicha tahlillarga bir-ikki kun kun talab qilinadi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tarvuzda nitrat miqdori 60 mg/kgdan oshmasligi lozim.
Biz taqdim etgan tarvuzlarda nitrat miqdori ancha kam chiqdi: birida 12,6 mg/kg, ikkinchisida 10 mg/kg. Ya’ni ularni bemalol iste’mol qilish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda xaridorlar tomonidan tarvuzdagi nitrat miqdorini maxsus uskunalar yordamida o‘lchanayotgani, ularda esa ko‘rsatkichlar ancha yuqori ekani aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Sanepidqo‘mning yetakchi mutaxassisi Shohruhmirzo Erkinov holatga munosabat bildirar ekan, tarvuzdagi nitrat miqdorini bunday usulda aniqlash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.
Uning aytishicha, avval bunday uskunalar qiyoslashdan o‘tkazilishi kerak. Erkinov tekshirish jarayonlari soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilganda natijalar haqqoniy bo‘lishini bildirdi.
Mutaxassis iste’mol uchun tarvuz va qovunni tanlashda uning shakli va og‘irligiga e’tibor qaratish kerakligini aytdi. Masalan, ikkita bir xil shakl va ko‘rinishdagi tarvuz va qovundan og‘irrog‘ini tanlash lozim.
“Undan tashqari, po‘stloq qavatida iloji boricha yoriqlar bo‘lmasligi va suvsizlanmagan bo‘lishi kerak”, — dedi Shohruhmirzo Erkinov.
Shuningdek, yaxshi pishmagan tarvuzda nitrat yoki pestitsid qoldig‘i me’yorida bo‘lsa va unda patogen mikroorganizmlar bo‘lmasa, inson salomatligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi qayd etildi.
Shahzod O‘roqboyev,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

14:18 / 15.01.2025
O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi

08:30 / 15.08.2024
Tarvuz narxlari nega quladi?

14:08 / 09.08.2024
Salat, shirinlik yoki taom. Tarvuzdan nimalar tayyorlasa bo‘ladi?

08:39 / 23.07.2024