Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Rossiyaning britaniyalik diplomat va boshqa diplomatning turmush o‘rtog‘i akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi javob choralarini e’lon qildi va Rossiya elchisini chaqirtirdi.

Foto: Getty images
Buyuk Britaniya elchixonasining ikki vakili Rossiyadan chiqarib yuborilishiga javoban, London hukumati rus diplomati, shuningdek, diplomatning rafiqasi akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi. 12 mart, chorshanba kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Andrey Kelinni Rossiyada «Britaniya diplomatlarini ta’qib qilish bo‘yicha tobora tajovuzkor va muvofiqlashtirilgan kampaniya»ga qarshi norozilik bildirish uchun chaqirtirdi.
Departamentning yuqori martabali xodimi Rossiya diplomatik missiyasi rahbariga London «Britaniya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolarini qo‘rqitishga toqat qilmasligini» va shu sababli rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasiga nisbatan «zudlik bilan javob choralarini» ko‘rayotganini «aniq bildirdi».
«Ushbu haftada Rossiya tomonidan Britaniya diplomati va diplomatning turmush o‘rtog‘ining chiqarib yuborilishi so‘nggi keskinlashuvdir», deya qayd etdi Forin-ofis va Rossiyaning da’volarini «butunlay yolg‘on» va «Britaniya diplomatlarini nishonga olish kuchayib borayotganini oqlash uchun uydirilgan», deb atadi. «Rossiya tushib ketgan chuqurlikni faqat kuch bilan yengib o‘tish mumkin», — deya qo‘shimcha qildi London.
Rossiya Britaniya diplomatik missiyasining ikki vakilini chiqarib yubordi
10 mart kuni Rossiya davlat matbuoti Rossiyaning Britaniya diplomatik missiyasi ikki vakilini mamlakatdan chiqarib yuborish qarori haqida xabar tarqatdi. FSB ularni «Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi razvedka va qo‘poruvchilik faoliyatida» hamda Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat olishda qasddan yolg‘on ma’lumot berganlikda aybladi. «Ayblanuvchilar» akkreditatsiyadan mahrum qilingan va ular ikki hafta ichida Rossiyani tark etishlari shart. London bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

15:21 / 13.06.2025
Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi

10:15 / 22.05.2025
Isroil harbiylari yevropalik diplomatlar tomonga o‘q uzdi

00:11 / 13.05.2025