Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
U boshqargan guruh jurnalistlar, diplomatlar va ukrainalik harbiylarni kuzatgan, shuningdek, Kremlga qarshi bo‘lgan shaxslarni o‘g‘irlash yoki o‘ldirish rejalarini muhokama qilgan.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyadagi Rossiya josuslik tarmog‘ini boshqargan 47 yoshli bolgariyalik Orlin Rusev London sudi tomonidan 10 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deb yozmoqda Financial Times.
Prokurorlarning aytishicha, Rusev Rossiya razvedkasining topshirig‘i bilan Avstriya fuqarosi Yan Marsalek orqali 2020 yildan 2023 yilgacha Bolgariya fuqarolari guruhida Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Ispaniya va Chernogoriyada operatsiyalarni rejalashtirib, amalga oshirgan.
Rusevning guruhi jurnalistlar, diplomatlar va ukrainalik harbiylarni kuzatgan, shuningdek, Kremlga qarshi bo‘lgan shaxslarni o‘g‘irlash yoki o‘ldirish rejalarini muhokama qilgan. Ammo bu rejalar amalga oshmagan. London politsiyasining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi rahbari Dominik Myorfining aytishicha, guruh «Rossiya manfaatlari uchun sanoat josusligi» bilan ham shug‘ullangan.
Rusev 44 yoshli Biser Jambazov hamda 33 yoshli Ivan Stoyanov bilan birga josuslik bilan shug‘ullangani va soxta hujjatlardan foydalanganini tan olgan. Ularning yonidan Buyuk Britaniya, Bolgariya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Xorvatiya, Sloveniya, Gretsiya va Chexiyaga tegishli pasportlar topilgan. Guruhning yana uch a’zosi — 33 yoshli Katrin Ivanova, 30 yoshli Vanya Gaberova va 39 yoshli Tixomir Ivanchev josuslik maqsadida til biriktirishda aybdor deb topilgan. Ivanova — 9 yil 8 oy, Gaberova — 6 yil 8 oy, Ivanchev esa 8 yilga qamaldi. Stoyanov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Faqatgina Marsalek tergovdan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Josuslar ko‘p yillar davomida Buyuk Britaniyada yashab, ishlab kelgan. Rusev 2009 yilda Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan va uch yil davomida moliyaviy xizmatlar sohasida texnik lavozimda ishlagan. Rusevning LinkedIn profilida u kommunikatsiyani tutib olish bilan bog‘liq biznes egasi ekani ko‘rsatilgan. U, shuningdek, Bolgariya Energetika vazirligi maslahatchisi bo‘lib ishlaganini ham ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
Iqtisodiyot | 09:18
-
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi
Jahon | 09:00
-
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:56
-
AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenda saraton kasalligi aniqlandi
Jahon | 08:24
Mavzuga oid

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

19:55 / 09.05.2025
Ukraina tarixda birinchi marta Vengriya josuslik tarmog‘ini fosh qildi

20:05 / 04.05.2025