Isroil harbiylari yevropalik diplomatlar tomonga o‘q uzdi
Isroil askarlari G‘arbiy Sohildagi Jyenin shahrini aylanib chiqayotgan yuqori martabali G‘arb diplomatlari, falastinlik rasmiylar va jurnalistlar ishtirok etayotgan delegatsiyani tarqatish uchun ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Harbiylar delegatsiya «tasdiqlangan yo‘nalishdan chetga chiqqani»ni aytmoqda, Jyenin shahri meri buni rad qilib, tashrif yo‘nalishi Isroil bilan kelishilganini bildirdi. Fransiya va Kanada bu harakatlarni «qabul qilib bo‘lmas», deb atadi va to‘liq tergov boshlashni so‘ramoqda.

21 may kuni Isroil askarlari G‘arb davlatlarining yuqori martabali diplomatlari, falastinlik rasmiylar va jurnalistlar ishtirok etayotgan delegatsiyani tarqatish maqsadida ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Delegatsiya Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi shahar – Jyeninni aylanib chiqayotgan edi. Bu haqda Falastin ma’muriyati va hodisa joyidan olingan televideniye lavhalariga tayanib, New York Times xabar bermoqda.
Hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan, biroq bu holat G‘azo va G‘arbiy Sohilda olib borilayotgan harakatlar tufayli Isroil va uning xalqaro hamkorlari o‘rtasidagi allaqachon taranglashgan munosabatlarni yanada kuchaytirdi. O‘q uzish voqeasi Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni talab qilganidan ikki kun, Britaniya esa Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Ushbu uch davlat diplomatlari chorshanba kuni Falastin ma’muriyati vakillari bilan birga Jyenin shahrini ko‘zdan kechirayotgan katta diplomatik delegatsiya tarkibida bo‘lgan. Falastin ma’muriyati bu tashrifni Isroil harbiylari tomonidan qurolli guruhlarga qarshi amaliyotlar bahonasida shaharning bir chetidagi hudud egallab olinib, qisman vayron qilinganini ko‘rsatish uchun tashkil qilgan edi.

Bu hudud «Jyenin qochqinlar lageri» deb ataladi. Bu yerda, asosan, 1948 yil atrofidagi urushlarda o‘z uylaridan quvib chiqarilgan falastinliklarning avlodlari yashaydi. Videoga ko‘ra, tashrifning oxirida, delegatsiya a’zolari askarlardan taxminan 70 metr masofada turgan bir paytda, Isroil askarlari kamida yetti marotaba ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Videolarda ko‘rsatilishicha, o‘q uzish jurnalistlar bilan intervyular o‘tkazilayotgan, ba’zi rasmiylar esa askarlarga orqa qilib turgan paytda boshlangan. O‘q ovozidan so‘ng delegatsiya tezda orqaga chekinib, ba’zilar yon ko‘chaga yashirindi.
Bu joy, 2022 yil may oyida Isroil askari tomonidan falastinlik jurnalist Shirin Abu Akla o‘ldirilgan hududga yaqin masofada joylashgan. Isroil harbiylarining bayonotiga ko‘ra, ogohlantiruvchi o‘qlar delegatsiya «tasdiqlangan yo‘nalishdan chetga chiqqani va ruxsat etilmagan hududga kirgani» uchun uzilgan. Harbiylar bu noqulaylik uchun afsus bildirgan va hodisa o‘rganilayotganini aytgan.
Biroq Jyenin meri Muhammad Jarror bu da’volarni rad etdi:
«Tashrif yo‘nalishi haftaning boshida Isroil tomoni bilan kelishilgan edi. Provokatsiya bo‘lmagan. Faqat diplomatlar va jurnalistlar bor edi, tashrif rejasi rasmiy taklifga ilova qilingan».
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Isroil harbiylarining harakatini «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi va voqeani tushuntirish uchun Isroil elchisini chaqirishini ma’lum qildi. Kanada tashqi ishlar vaziri Anita Anand esa Isroilga jiddiy xavotirlari yetkazilishi, to‘liq tergov va javobgarlik kutishini aytgan.
Yevropa Ittifoqining bosh diplomati Kaya Kallas ham Isroilni otishma sodir etgan askarlar uchun javobgarlik belgilashga chaqirdi: «Diplomatlarning hayotiga tahdid – bu hech qachon qabul qilinmaydi», — dedi u matbuot anjumanida.
Yevropa Ittifoqi vakillari ushbu safarda ishtirok etgan kamida 20 ta diplomatik missiya vakillari orasida bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025
Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

17:39 / 25.06.2025
Isroil Eron yadro inshootlariga yetkazilgan zararni «nihoyatda jiddiy» deb baholadi

09:22 / 25.06.2025