Yaponiya strategik zaxiralardagi guruchni sotish bo‘yicha birinchi auksionni o‘tkazdi
Auksion doirasida hukumat ulgurji savdogarlar va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga 150 ming tonna guruch sotdi.

Foto: The Japan Times
Yaponiya hukumati strategik zaxiralar hisobidan 210 ming tonna guruchni sotish niyatida. The Japan News’ning ma’lum qilishicha, mamlakat zaxirasida guruch miqdori 1 million tonnaga yetadi.
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vazirligi guruchlarni sotish maqsadida birinchi auksionni o‘tkazdi. Auksion doirasida hukumat ulgurji savdogarlar va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga 150 ming tonna guruch sotdi, shuningdek, yil davomida distribyutorlardan xuddi shuncha g‘allani xarid qilish majburiyatini oldi.
Ta’kidlanishicha, hukumat bu orqali oxirgi oylarda sezilarli darajada oshgan g‘alla narxi bilan bog‘liq vaziyatni hal etishga urinmoqda.
Fevral oyida 5 kiloli qadoqdagi guruch narxi 3688 iyenani (24 dollar) tashkil etgan — bu 2024 yil fevraldagi ko‘rsatkichdan 1,5 barobarga qimmat. Mamlakatdagi zaxira guruchlari 2023 yilgi hosil yomon bo‘lgani bois sezilarli darajada kamaygan. Hukumat vaziyat o‘tgan yilning kuzida o‘nglanishiga umid qilgandi, ammo hosil hajmi 180 ming tonnaga oshganiga qaramay, guruch narxi arzonlashmagan.
O‘tgan yilning iyulida Yaponiyada guruch zaxirasi turistlar oqimi va hosildorlikning kamayishi sabab so‘nggi o‘n yillikdagi eng past darajaga tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda guruchga bo‘lgan talab kutilmaganda 7 million tonnagacha oshgan va mahalliy hukumat buni turistlarning kelishi bilan bog‘lamoqda: 2024 yilning birinchi yarim yilligida Yaponiyaga 17,78 million turist kelgan — bu pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 1 million kishiga ko‘p demak. Vazirlikka ko‘ra, kuniga ikki mahal guruch iste’mol qiladigan turistlar talabning 51 ming tonnaga oshishiga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

22:13 / 20.06.2025