Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Ushbu jangovar texnikalar NATO uchun tashkil etiladigan yangi yettita brigadaga topshiriladi. Qo‘shimcha brigadalar Rossiyani tiyib turish maqsadida shakllantirilmoqda.

Foto: AFP
Germaniya Rossiyani tiyib turish uchun NATOning yangi brigadalarini tuzish doirasida 1000 tagacha Leopard 2 tanklari va 2500 tagacha GTK Boxer zirhli jangovar mashinalarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tank va jangovar mashinalar bilan Germaniya keyingi 10 yil ichida NATO uchun shakllantiradigan yettita brigada ta’minlanadi.
Harbiy texnika uchun buyurtmani mudofaa vaziri Boris Pistorius va bundesverning asosiy generallari ko‘rib chiqmoqda. Xaridlarning umumiy qiymati 25 milliard yevroga yetishi kutilmoqda, ammo muzokaralar hali davom etayotgani bois, ushbu summa o‘zgarishi mumkin. Buyurtmalar yaqin oylarda rasmiylashtirilshi kutilyapti.
Ta’minotning oshirilishi NATOga a’zo davlatlarning Ukraina urushi boshlanganidan keyin Rossiya tajovuzidan xavotiri ortib borayotganini aks ettiradi.
May oxirlarida Reuters va Bloomberg NATO Germaniyadan yana yettita brigada (40 mingga yaqin harbiy xizmatchi) taqdim etishni so‘rashga tayyorlanayotgani haqida yozgandi. Yuqori martabali harbiy amaldor qo‘shinlar sonining oshirilishini NATO 2022 yil Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin Rossiyani yanada kattaroq xavf sifatida ko‘rishni boshlagani bilan tushuntirgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:50
Germaniya: HAMAS qurollarini tashlasa, G‘azodagi urush tugaydi

13:44 / 01.08.2025