Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi
Hindiston va Nepaldan bo‘lgan shaxslar karriga o‘xshash kukunsimon ziravorni jabrlanuvchining ko‘ziga sepib, uning pul solingan portfelini o‘g‘irlashga uringan.

Foto: AP
Yaponiyaning Tosikava shahrida Hindiston va Nepal fuqarolari qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan holda o‘g‘irlik sodir etishga urindi, deb xabar beradi Sora News.
Saytama prefekturasi politsiyasiga ko‘ra, voqea 14 martda sodir bo‘lgan. Ko‘chada ketayotgan 52 yoshli yaponning oldiga to‘rt kishi — ikki nafar hind va ikki nafar nepallik kelgan. Tergov ma’lumotlarida keltirilishicha, jinoyatchilar karri ziravoriga o‘xshash kukunsimon aralashmani erkakning ko‘ziga purkab, uning qo‘lidagi portfelni tortib olishga uringan.
Jabrlanuvchi xodimlarni tanlash bo‘yicha kompaniya prezidenti bo‘lgan. O‘sha kuni u Yosikavaga xodimlarga maosh tarqatish uchun kelgan va sumkasida 7,8 million iyenaga (qariyb 53 ming dollar) yaqin pul bo‘lgan. Politsiyaning hisoblashicha, hujumni amalga oshirganlar erkakning harakat yo‘nalishi va safar maqsadidan xabardor bo‘lgan, chunki ularning biri oldin ushbu kompaniyada ishlagan.
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, hujumda an’anaviy qurollardan foydalanilmagan. Buning o‘rniga ular jabrlanuvchining ko‘ziga o‘tkir ziravorni sepgan. Ammo erkak qarshilik ko‘rsatgan: u baland ovozda yordamga chaqirgan va sumkasini qo‘yib yubormagan. Natijada, hujum uyushtirgan shaxslar qochib ketib, hodisa joyida yashiringan.
Kompaniya prezidenti esa ko‘z yallig‘lanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar unga jiddiy zarar yetmaganini bildirgan. Politsiya kuzatuv kameralarini o‘rganib, to‘rt nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ularga hujum va o‘g‘irlik sodir etishga urinish bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 12.07.2025
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

23:21 / 07.07.2025