Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi
Hukumatning «Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, yer uchastkasiga ijara huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolaridagi boshlang‘ich narx yangi formula asosida hisoblanadi.
U shunday bo‘ladi: C = S x T x B x G x F x M + E. Bunda: S – boshlang‘ich narx; S – yer uchastkasining maydoni, kv m; T– hududning toifa koeffitsiyenti (1-toifaga kiruvchi tuman va shaharlarda 25, 2-toifaga 20, 3-toifaga 15, 4-toifaga - 10 va 5-toifaga 5 ko‘paytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi); V –1 kv. metr yer uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasi; G – yer uchastkasi joylashgan hududda (daha, massiv, mahalla, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini barpo etish qiymatiga muvofiqlashtiruvchi oshiruvchi koeffitsiyent; F – yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyent; M – yer uchastkasining maydoni bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsiyent; Ye – yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar.
Bunda G va F koeffitsiyentlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan bo‘lsa, tegishli qaror qabul qilingunga qadar 1,0 koeffitsiyent qo‘llanadi.
1 kv metr uchun yer solig‘i stavkasi avtomatik tarzda Үerelektron AATda shakllanadi.
Shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish maqsadlariga qarab oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi:
• ko‘p qavatli uylar qurilishi – 1,4;
• biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish – 1,4;
• xizmatlar ko‘rsatish – 1,1;
• mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish – 1,2;
• ishlab chiqarish faoliyati – 0,9;
• farmatsevtika sanoati – 0,8;
• oziq-ovqat sanoati – 0,8;
• muhandislik-kommunikatsiya obektlari – 0,7;
• transport – 1,2;
• ijtimoiy va jamoaviy foydalanish – 0,6;
• tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya – 1,1.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

16:38 / 10.04.2025