WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi personallar o‘zbek tilida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Rasul Kusherbayevning arzini o‘rganib chiqqan Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga amalga oshirgan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, sobiq deputat Rasul Kusherbayevning «Samarqand-Abu-Dabi» yo‘nalishi bilan «WizzAir» aviakompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarda muammoga duch kelgani yuzasidan murojaati ko‘rib chiqilgan.
«Raqobat qo‘mitasining olib borgan o‘rganishlarida murojaatchining uchish davrida aviakompaniyaning ekipaj a’zolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumot berilgani, bu qoidalarni o‘zbek va rus tillarida tushuntirib berishlari so‘ralganida xodim tomonidan unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lingani, bortni tark etish talab qilingani va shu tarzda fuqaro mazkur reysda Abu-Dabiga yetib borgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘mita tomonidan Transport vazirligiga o‘rganishlar yuzasidan so‘rov xati yuborildi. Natijada o‘zboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora ko‘rildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, WizzAir aviakompaniyasi 2025 yilda O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi personallar o‘zbek tilida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi

11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

23:01 / 20.04.2025
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIBga chaqirildi

15:52 / 14.04.2025