Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
Raqobat qo‘mitasi mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarni ogohlantirdi. Xususan, sun’iy ravishda chiptalarni savdoga chiqarmaslik holatlari aniqlanganda ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

Foto: Kun.uz
Aviachiptalarning sun’iy yetishmasligini keltirib chiqargan aviakompaniyalarga chora ko‘riladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan aviachipta narxlarini barqarorlashtirish, ichki yo‘nalishlarga tegishli “havo erkinliklari” va boshqa rag‘batlantiruvchi mexanizmlar asosida xususiy sektorni, shu jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, mahalliy tashuvchilarga teng shartlarda subsidiya berish orqali mahalliy yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirish choralari ko‘rilyapti”, deyiladi xabarda.
Raqobat qo‘mitasi mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalar raqobatga yoki iste’molchilar manfaatlariga zid harakatlarni amalga oshirganida, shu jumladan, sun’iy ravishda chiptalarni savdoga chiqarmaslik holatlari aniqlanganda qonunchilikka asosan chora ko‘rilishini bildirdi.
Avvalroq, xususiy aviakompaniyalar ham ichki reyslar uchun aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya berilishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13
-
Isroil armiyasi Eronning 4 ta tumanidagi harbiy obektlarga hujum qildi
Jahon | 21:07
-
Zelenskiy Qrim sabab yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:13 / 20.06.2025
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

15:59 / 18.06.2025
Ko‘plab avtobus bekatlari talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi

14:00 / 18.06.2025