Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering
O‘zbekistonda aholining ichimlik suvi, kanalizatsiya va sifatli yo‘l bilan ta’minlanganlik holati haqida yig‘ilgan ma’lumotlar bevosita aholi ishtirokida qayta tekshirilmoqda. Buning uchun aholidan 2 daqiqa vaqt ajratib, @real_holat_bot Telegram-boti orqali so‘rovnomada ishtirok etish so‘ralmoqda. To‘plangan ma’lumotlar ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash dasturlari uchun asos bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda har bir ko‘cha kesimida ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘llar qoplamasining holati bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash maqsadida onlayn xatlovga start berildi.
Bu xatlov 10 mingta maktab, 7 mingta bolalar bog‘chalari, 3 800 ta tibbiyot muassasalari, 880 ta sport inshootlari va boshqa ijtimoiy obektlar infratuzilmasiga oid geoportalini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Geoportal kelgusida davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Geoportalni yaratish uchun avvaliga Bandlik vazirligi ko‘magida har bir mahalla bo‘yicha aholining ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘llar qoplamasining sifati bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar to‘plandi.
Joriy bosqichda esa so‘rovnoma orqali bu ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish, aholi ishtirokida texnik xatolarni bartaraf etish maqsad qilingan.
So‘rovnoma @real_holat_bot Telegram-boti orqali, onlayn tarzda o‘tkaziladi. So‘rovnomada ishtirok etish uchun shaxsiy ma’lumotlarni kiritish shart emas, shaxsni tasdiqlash ham talab qilinmaydi.
So‘rovnoma 2025 yil 3–15 mart kunlari o‘tkazilib, unda har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin. So‘rovnomada ishtirok etish vaqtida mahallaning joylashuvi, ko‘cha nomi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va yo‘llar qoplamasi holatini ko‘rsatib o‘tish lozim.
Agar ko‘changizda maktab bo‘lsa, unda ichimlik suvi bor yoki yo‘qligini belgilang. Ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq kiritishni, so‘rovnomaning oxirigacha o‘tishni unutmang. So‘rovnomadan o‘tishga 2 daqiqa vaqt talab etiladi.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy obektlar geoportali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” ofisi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda “2025–2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori doirasida shakllantirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misr O‘zbekistonda konchilik institutini ochishda ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston | 13:55
-
Eron bilvosita Trampga o‘lim bilan tahdid qildi
Jahon | 13:44
-
O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Irlandiyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 13:43
-
«Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi kerak» – prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

19:00 / 26.06.2025
Sifatli chiziq – xavfsiz hayot. O‘zbekiston yo‘llarida “yo‘qolib ketadigan” chiziqlar haqida

11:29 / 26.06.2025
Toshkentda tarixiy yodgorlikka 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

18:51 / 11.06.2025