O‘zbekiston | 13:43 / 30.06.2025
461
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Irlandiyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

O‘zbekistonning Irlandiyadagi elchisi Ravshan Usmonov (qarorgohi London shahrida joylashgan) Dublinda ushbu mamlakat Tashqi ishlar va savdo vazirligi, Qo‘shimcha va oliy ta’lim, tadqiqotlar, innovatsiyalar va fan vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamda ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, AKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalari istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Irlandiyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvlar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha doimiy muloqot va sheriklikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid