7–8 mart kunlari yomg‘ir va shamol kutilmoqda
7 mart kuni va 8 martga o‘tar kechasi O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 17−22 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +7…+10 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz
6 mart kuni shimol va cho‘l zonasida, 7–8 mart kunlari O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda, deb xabar beradi «O‘zgidromet». Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida shamol tezligi 25–30 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
7 mart va 8 martga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.
Harorat kunduzi +7…+10 darajagacha pasayadi.
Bundan oldinroq 6–11 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyati hududlarida qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qilingandi.
6 mart kuni uchun ob-havo ma’lumoti:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja; Ustyurtda kechasi –8...–13 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; Navoiy viloyati shimolida +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi
Jahon | 00:22
-
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV
Jahon | 23:48 / 17.06.2025
-
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?
Jahon | 23:30 / 17.06.2025
Mavzuga oid

14:08 / 16.06.2025
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

15:46 / 13.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi

12:10 / 13.06.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi

19:19 / 09.06.2025