Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
16–19 iyun kunlari O‘zbekistonda havo +40…+44 darajagacha isiydi, kechalari dim bo‘ladi. Hafta oxirida harorat +35…+38 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
Hafta boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
16–17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43…+44 darajagacha ko‘tariladi.
Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat bir muddat +24…+27 darajagacha tushadi.
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja, janubda +39…+41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 16–18 iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19–21 iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda 20 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat dushanba kunduzi +36…+38 daraja, 17–19 iyunda +38…+41 darajagacha, 20 iyunda +35…+37 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet

12:31 / 07.07.2025