«Slіdstvo.Іnfo»: Asirlikda halok bo‘lgan jurnalist Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan
«Vikaning so‘nggi topshirig‘i» surishtiruv filmiga ko‘ra, ukrainalik Viktoriya Roshchinaning tanasida pichoq jarohatlari bo‘lgan, uning vazni 30 kilogrammgacha bo‘lgan va Rossiyadagi koloniya xodimlari uni tekshiruvlardan yashirgan.

Foto: slidstvo.info
3 mart, dushanba kuni chop etilgan «Slіdstvo.Іnfo» nashrining «Vikaning so‘nggi topshirig‘i» surishtiruv filmida 2023 yil yozida Rossiya tomonidan qo‘lga olingan ukrainalik jurnalist Viktoriya Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solingani aytiladi. Uning tanasida pichoq jarohatlari bo‘lgan, jurnalistning vazni 30 kilogrammgacha bo‘lgan va Rossiya koloniyasi xodimlari uni tekshiruvlardan yashirgan, deya ta’kidlaydi ukrainalik surishtiruvchilar.
"Slіdstvo.Іnfo" jurnalistlari «Suspіlne» telekanali va "Grati" dasturidagi hamkasblari hamda «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti bilan birgalikda rossiyaliklar avvaliga Roshchinani Zaporijjya viloyatining bosib olingan hududidagi noqonuniy hibsxonalarda ushlab turishgani, keyin esa uni Rossiyaning Taganrogiga olib ketishganini aniqladi.
Surishtiruvchilar uning kameradoshidan Melitopol va Energodar hamda Taganrog 2-sonli tergov hibsxonasida u bilan nima sodir bo‘lganligi haqida ko‘rsatma olishdi: u qiynoqqa solingan, jurnalistning tanasida yaralar bor edi. «Men uning tanasida bir nechta pichoq jarohatlarini ko‘rdim — aniq qo‘li va oyog‘ida. Uning qo‘li va tirsagi o‘rtasida yumshoq to‘qimalarda yangi chandiq bor edi. Va chandiq taxminan uch santimetr edi», deydi uning kameradoshi. Roshchina elektr toki bilan ham qiynoqqa solingan. «Men uni bir necha marta elektr toki bilan qiynoqqa solishganini bilaman», deb eslaydi kameradoshi va tok Viktoriyaning qulog‘iga ulab qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Roshchina 30 kggacha vazn yo‘qotgan
"U doimo yordam so‘rardi. Avvaliga u oshqozonida muammo borligini va isitmasi borligini aytdi. Keyin ayollar uning juda ozayotganini payqashdi. Vika 30 kilogrammgacha vaznga ega edi. Men unga o‘rnidan turishga yordam berardim, chunki u shunday holatda ediki, hatto boshini ko‘tara olmasdi", — deb eslaydi Roshchinaning kameradoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ombudsmani tomonidan koloniyani tekshirish chog‘ida Viktoriya yashirib qo‘yilgan, keyin esa boshqa qavatdagi yopiq xonaga ko‘chirilgan. Ukrainalik jurnalistni oxirgi marta 2024 yil 8 sentabrda kameradan noma’lum joyga olib ketishganida ko‘rishgan.
Avvalroq "Slіdstvo.Іnfo" sayti jurnalistlari Mariupol mudofaasi paytida Ukrainaning boshqa himoyachilari bilan birga asirga olingan dengizchi Inga Chekinda haqida gapirib berishgandi. Inga bir yildan keyin Viktoriya Roshchina saqlanayotgan Taganrog tergov hibsxonasida o‘tirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar qamoqxonada odam o‘lchamidagi katta pech qurib, ukrainalik mahbuslarni so‘roq qilishda foydalangan. Qamoqxona qo‘riqchilari ayollarni shafqatsizlarcha qiynoqqa solgan, kaltaklagan va shahvoniy harakatlar qilishga majburlagan, deya qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi
O‘zbekiston | 17:00
-
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi
Jahon | 16:57
-
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
Jahon | 16:34
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

19:21 / 20.02.2025
Italiyalik jurnalistlar josuslik dasturi sabab hukumat ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

10:20 / 08.02.2025
RSF tojik jurnalistlariga chiqarilgan hukmni tanqid qildi

16:03 / 25.01.2025