Italiyalik jurnalistlar josuslik dasturi sabab hukumat ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat maxsus xizmatlari Graphite josuslik dasturiy ta’minoti orqali surishtiruvlar bilan shug‘ullanuvchi jurnalistni kuzatib kelgan.

Foto: Getty images
Italiya milliy jurnalistlar federatsiyasi (FIEG) mamlakat hukumatiga nisbatan jinoyat ishi ochishni talab qilib, Rim prokuraturasiga shikoyat kiritdi. Jurnalistlar kasaba uyushmalari Italiya hukumati hamda parlamentini jurnalistlar va hukumat tanqidchilariga qarshi Graphite josuslik dasturidan foydalanish haqidagi so‘rovlariga javob berishdan bosh tortganlikda ayblamoqda.
Yanvar oyida Italiya OAV mamlakat maxsus xizmatlari telefonlariga Graphite o‘rnatilgan odamlar orasida surishtiruvlar bilan shug‘ullanuvchi jurnalist Franchesko Kanchellato ham borligi haqida xabar bergandi. Keyinroq The Guardian o‘z manbalariga tayanib Isroilning Paragon kompaniyasi (Graphite’ni yaratgan) Italiya hukumati dasturiy ta’minotdan foydalanish qoidalarini buzgani uchun u bilan shartnomani bekor qilgani haqida yozdi. Parlament maxsus xizmatlari o‘z faoliyati davomida dasturiy ta’minotdan foydalanganini tan olgan, biroq jurnalistlar kuzatuvga olinganini rad etgan.
Ammo FIEG bunga shubha bilan qaramoqda. «Franchesko Kanchellato o‘ziga nisbatan ushbu dastur qo‘llangan Italiyadagi yagona jurnalist bo‘lganmi? O‘ylashimizcha, yo‘q. Biz aniqlik xohlaymiz, biz jurnalistlar o‘z ishini xavotirsiz bajarishlarini istaymiz», — deydi kasaba uyushmalari bosh kotibi Alessandra Konstante.
FIEG josuslik dasturiy ta’minotidan qaysi idoralar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligiga oid ma’lumotlar ochiqlanishini talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

08:44 / 26.06.2025
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

12:32 / 16.06.2025