RSF tojik jurnalistlariga chiqarilgan hukmni tanqid qildi
O‘tgan bir oy ichida Tojikistonda ikki OAV xodimi sakkiz va o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

Foto: Nein Chan Naing/dpa/picture alliance
«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) inson huquqlari tashkiloti yaqinda yuz bergan «tojik ommaviy axborot vositalari xodimlariga zarbalar» tafsilotlari haqida xabar berdi. «5 fevral kuni mustaqil jurnalist Ruxshona Hakimova davlatga xiyonatda ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tdi», — deyiladi RSF 7 fevral, juma kuni bergan bayonotida. Tashkilotning aniqlik kiritishicha, hukmga 31 yoshli jurnalist Xitoyning Tojikistondagi ta’siri bo‘yicha olib borgan tadqiqoti sabab bo‘lgan. Tojikiston rasmiylari tomonidan ayblangan Hakimova «yuqori martabali muxolifatchi siyosatchining jiyani» bo‘lib, u yaqinda «to‘ntarishga urinish»da ayblanib, 18 yilga qamalgan edi.
RSF Ruxshona Hakimova va boshqa barcha qamoqdagi OAV xodimlarini ozod qilishni talab qildi. Tashkilotning qayd etishicha, jurnalistga nisbatan tergov 2024 yil iyulida boshlanganidan so‘ng rasmiylar uning mamlakatdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun pasportini bekor qilgan. Hakimova avval Tojikistondagi Jurnalistika tadqiqot markazi kabi mustaqil ommaviy axborot vositalarida ishlagan.
Haftalik bosh muharririga 10 yil qamoq jazosi
«Chegara bilmas muxbirlar» Tojikistondagi yana bir voqeani eslatib o‘tdi: «Jurnalist Ahmad Ibrohim bundan bir oy oldin korrupsiya, tovlamachilik va ekstremizmda ayblanib, o‘n yilga qamalgan edi». 63 yoshli Payk mustaqil haftaligi bosh muharriri ustidan sud va hukm ham yopiq eshiklar ortida o‘tdi. Mamlakat janubi-g‘arbidagi yagona mustaqil OAV «mahalliy huquqbuzarliklar va rasmiylarning harakatsizligi to‘g‘risida» ma’lum qildi, deb yozadi RSF.
Ibrohim 2024 yilning avgustida Tojikiston ichki razvedka xizmati xodimiga pora berganlikda ayblanib hibsga olingan edi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimi nashrni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzaytirish uchun keyinchalik pora sifatida ko‘rsatilgan 250 dollar ekvivalentidagi pulni talab qilgan. Jurnalistning rasmiylarga e’tirozi javobsiz qoldi — shunga qaramay, sud tomonidan chaqirilgan birorta ham guvoh unga qo‘yilgan ayblarni tasdiqlamadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston deportatsiya boshlaydi, Turkmaniston AQShdan xafa, To‘qayev vazirlarini haydadi
Jahon | 15:39
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
Mavzuga oid

08:50 / 14.06.2025
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

16:47 / 02.06.2025