Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Siyosiy mahbuslarning ismlari bundan oldingi afv etilganlarniki kabi oshkor qilinmadi. Ta’kidlanishicha, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».

Foto: AP
Aleksandr Lukashenko Belarusda «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan 29 mahbusni afv etdi. Bu haqda «BelTA» davlat agentligi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, afv etilganlarning 11 nafari ayollar, 18 nafari esa erkaklardir. Ularning olti nafari 25 yoshdan kichik, uch nafari — pensioner, ikki nafari — nogironligi bor shaxs, 15 nafarining esa surunkali kasalligi mavjud.
Ta’kidlanishicha, afv etilganlarning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».
Siyosiy mahbuslarning ismlari bundan oldingi afv etilganlarniki kabi oshkor qilinmadi.
So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabr — 37 mahbus, noyabr boshlarida — 31 kishi, noyabr oxirlarida esa 32 mahbus ozodlikka chiqdi. Lukashenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barcha holatlarda afv etilganlar ismini oshkor etmadi.
Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

10:14 / 01.05.2025