G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
The Insider nashrining ta’kidlashicha, Anjyelika Melnikova Belarus maxsus xizmatlarining xodimi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Foto: AP
23 may, juma kuni chop etilgan The Insider surishtiruviga ko‘ra, Belarus muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (MK) spikeri, mart oyi oxirida g‘oyib bo‘lgan Anjyelika Melnikova Belarus maxsus xizmatlari xodimi Aleksey Lobeyev bilan aloqada bo‘lgan va u bilan unashtirilgan.
Jurnalistlar Melnikovaning qarindoshlari bilan suhbatlashib, shuningdek, parvozlar va chegarani kesib o‘tish haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgandan so‘ng, juftlik munosabatlarini 2023 yilda boshlaganini — avgust oyining oxirida ular Kubaga birga uchib ketishganini aniqladi. 2024 yilning yanvarida Shri-Lankaga qilgan safaridan so‘ng Melnikova do‘stiga «Belarusda yashovchi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohat qila olmaydigan erkak bilan unashtirilgani» haqida gapirgan, deb yozadi The Insider.
Lobeyev bilan unashtirilgan paytda Melnikova do‘stlariga eri bilan ajrashganini aytgan, ammo ular Varshavada bir xonadonda yashashni davom ettirgan.
Nashrning yozishicha, Aleksey Lobeyev 1993 yilda Belarus harbiy xizmatchisi oilasida tug‘ilgan, BDUning harbiy fakultetini tamomlagan va aftidan Belarus maxsus xizmatlarida ishlaydi. U ijtimoiy tarmoqlarni yuritmaydi, jurnalistlar uni 2019 yilda Grodnodagi harbiy gospitalda belaruslik harbiy xizmatchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirdan faqat bitta fotosuratda topishga muvaffaq bo‘lishdi. Xuddi shu suratda Belarus GRUning o‘sha paytdagi rahbari Ruslan Kosigin ham bor.
Lobeyevning aniq qayerda ishlashi noma’lum, deb yozadi The Insider: «BDUning harbiy fakulteti ham GRU, ham KGB uchun kadrlar tayyorlaydi va ikkala idora ham soxta hujjatlarni berishi mumkin, shuning uchun aloqadorlikni aniq belgilash qiyin (Rossiyada bo‘lgani kabi, oraliq variant ham mumkin — harbiy kontrrazvedka)».
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV
Jahon | 17:38
-
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Jahon | 17:11
-
Eron tashqi ishlar vaziri Putin bilan uchrashadi
Jahon | 16:40
-
🔴 LIVE: AQSh urushga qo‘shildi, Eronning javobi qanday bo‘ladi?
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

19:22 / 21.06.2025
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

15:34 / 19.06.2025