Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Shuningdek, Belarus prezidenti ekstremistik yo‘nalishlardagi jinoyatlar uchun qamalgan 42 mahkumni afv etdi.

Foto: president.gov.by
Aleksandr Lukashenko Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Belarus prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qonun qariyb 8 ming mahkumga ta’sir ko‘rsatadi.
«Buyuk G‘alaba bayrami arafasida ushbu qonunning qabul qilinishi – aybdor shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarishga intilayotgan Belarus jamiyatida insonparvarlik namoyon bo‘layotganidan dalolatdir», — deyiladi xabarda.
Amnistiya ta’sir qiladigan mahkumlar jazodan va boshqa jinoiy javobgarlik choralaridan ozod etiladi. Katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan yoki unchalik og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo yengillashtirilishi mumkin.
Amnistiya yetkazilgan zarar yoki talafotni to‘liq qoplagan va jazo muddati davomida ijobiy tavsiyanoma olgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
Qonun quyidagi yangiliklarni ham nazarda tutadi:
- ilgari sudlanmagan, 70 yoshga to‘lgan va olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga jazo yengilroq – ochiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga yuborilmasdan, ozodlikni cheklash shakliga almashtiriladi;
- ehtiyotsizlik bilan inson o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlarda to‘liq amnistiya emas, balki qisman amnistiya qo‘llanadi – jazo muddati bir yilga qisqartiriladi.
Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlar uchun qamalgan 42 mahkumni afv etdi. Ularning 13 nafari surunkali kasallikka ega, bir nafari nogiron. Mahkumlarning 24 nafarining voyaga yetmagan farzandi bor.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
-
Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:05
Mavzuga oid

09:08
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi

11:10 / 23.07.2025
Germaniya: Rossiya va Belarus migratsiyadan qurol sifatida foydalanyapti

08:51 / 22.07.2025
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi

07:50 / 16.07.2025