Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Mojaro savdo markazi qo‘riqchilari qora quti ko‘tarib olgan shubhali erkakni to‘xtatishi natijasida kelib chiqqan.

Foto: TASS
Moskva viloyatida «Krasniy kit» savdo markazida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza. Ta’kidlanishicha hodisa oqibatida uch kishi jarohat olgan.
Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 mart kuni soat 17:30 larda otishma yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilardan biri savdo markazining uchinchi qavatida qo‘riqchilar tomonidan shubhali qora quti ko‘tarib olgani uchun to‘xtatilganida janjallashib qolgan.
Qo‘riqchilar ushbu fuqaroga nisbatan elektroshoker qo‘llagan, u bo‘lsa travmatik to‘pponchadan o‘q uzishni boshlagan. Guvohlar kamida oltita o‘q ovozini eshitganliklarini bildirgan. Savdo markazida bo‘lgan fuqarolar zahira yo‘lagi orqali zudlik bilan binoni tark etgan. Hodisa oqibatida uch kishi, jumladan, o‘t ochgan shaxsning o‘zi va qo‘riqchi jarohat olgan.
Telegramʼdagi Baza kanalining yozishicha, to‘pponchadan o‘q uzgan erkakning shaxsi aniqlangan. U 24 yoshli Danil Potexin bo‘lib, hozirda qo‘lga olingan.
SHOT ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Moskva Ryazandan kelgan. U voyaga yetmagan paytida politsiyada hisobida turgan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:27
-
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi
Jahon | 22:22
-
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
Jahon | 22:04
-
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 21:35
Mavzuga oid

20:12
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025