Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi
25 fevral kuni Jizzax viloyati, Forish tumanidagi OKMKda «Yoshlik-I» konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi.

Foto: OKMK
Tadbirda OKMK rahbariyati, Jizzax viloyati hokimligi mas’ullari, Xitoy Xalq Respublikasining «Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.» pudrat tashkiloti rasmiy vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar zavodning kombinat ishlab chiqarish zanjiridagi ahamiyati muhim ekanligini hamda ushbu hududning aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratishini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng, OKMK rahbariyati, pudrat tashkiloti rasmiylari hamda nuroniylar ishtirokida ramziy tasma kesilib, ramziy kapsula belgilangan joyga qo‘yildi va zavodning qurilishi rasman start oldi.
Ushbu Ohak zavodi 1-, 2-, 3- va 4-mis boyitish fabrikalari, mis eritish zavodlari, rux zavodi, Angren, Chodak hamda Xonjizza kon boshqarmalarini texnologik jarayonlari uchun zarur bo‘lgan reagent - ohak bilan ta’minlaydi.
Zavod Xitoy Xalq Respublikasining «Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.» kompaniyasi tomonidan quriladi.
Zavodning quvvati sutkasiga 2200 tonna, yiliga 737 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo Jizzax viloyati, Forish tumanidagi Chimqo‘rg‘on-1, Chimqo‘rg‘on-2 ohaktosh konlaridan olinadi.
E’tiborlisi, ushbu zavod ishga tushishi natijasida 323 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
Mavzuga oid

13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat

17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi

21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi

17:00 / 02.11.2024