Banklar yangi antifrod qoidalari doirasida 3 oyda salkam 350 mlrd so‘m mablag‘ni qaytarib oldi
Markaziy bank joriy etgan firibgarlikka qarshi “muzlatish davri” tartibi bilan, noyabr-yanvar oylarida jismoniy shaxslarga tasdiqlangan 347,3 mlrd so‘m miqdoridagi onlayn kreditlar qaytarib olindi. Bunda, banklar kredit uchun ariza firibgarlar ta’sirida berilganini aniqlab, shartnomani bekor qilgan.

Foto: Getty Images
So‘nggi vaqtlarda firibgarlar SIP texnologiyasidan foydalanib soxta telefon raqamlaridan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Markaziy bank, tijorat banki yoki to‘lov tashkiloti xodimi sifatida tanishtirgan holda turli aldovlar bilan mobil qurilmalarga keladigan bir martalik tasdiqlovchi kodni qo‘lga kiritishi, bank kartalaridagi pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishi, shuningdek, ularning nomiga onlayn kredit (mikroqarz) rasmiylashtirish holatlari avj olgan edi.
2024 yil 1 noyabrdan Markaziy bank jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratishga oid vaqtinchalik tartib, “muzlatish davri”ni ishga tushirgandi.
Regulyator matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu vaqtinchalik tartib joriy etilgandan buyon (2025 yil 31 yanvar holatiga) kredit tashkilotlari tomonidan ajratilgan 347 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ mijoz kredit olishga arizani firibgarlar ta’sirida berib, 48 soat davomida qo‘shimcha tasdiqdan o‘tmagani hamda mablag‘lari sarflanmagani sababli tijorat banklari hisobiga qaytarilgan.
“Tahlillar natijasida onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilgach, mazkur turdagi firibgarliklar avvalgi davrga nisbatan kamayishi kuzatilmoqda. Biroq endilikda firibgarlar fuqarolar ishonchiga kirish uchun o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirib, bank kartalaridagi mablag‘larni “xavfsiz hisob”ga o‘tkazishga urinishlar ko‘paymoqda”, – deyiladi MB bergan ma’lumotda.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, vaqtinchalik tartibda belgilangan talablar doirasida 11 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti tomonidan onlayn kredit ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, 9 ta tijorat banki tomonidan onlayn kredit ajratish vaqtinchalik tartibga muvofiq yo‘lga qo‘yilguniga qadar mobil ilova orqali ushbu xizmatni ko‘rsatish to‘xtatildi.
Bundan tashqari, onlayn kredit ajratishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarga amal qilinmagani uchun Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2 ta kredit tashkilotiga nisbatan jarima chorasi qo‘llandi.
Yangi tartib qanday ishlaydi?
Ma’lumki, firibgarlar bir kunda bir necha bankdan bir fuqaro nomiga kredit rasmiylashtiradi. Shu sababli 2024 yil 1 noyabrdan e’tiboran kuchga kirgan talablarga ko‘ra, kredit tashkilotlari fuqaro kredit olish uchun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari ma’lumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqichda (ariza tushgandan so‘ng va kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) tekshirishdan (skoring) o‘tkazishi kerak.
Firibgarlar odamlarni aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgach, bir necha kanallar orqali pullarni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketadi. Markaziy bank joriy etgan vaqtinchalik tartibda onlayn kredit rasmiylashtirilgach, bu kredit mablag‘lari hisobidan P2P amaliyotlar, jismoniy shaxslar hisobvaraqlari va elektron hamyonlarga o‘tkazmalar, mobil aloqa operatorlari orqali telefon raqami hisobini to‘ldirish, chet elga pul o‘tkazmalari hamda onlayn valuta ayirboshlash operatsiyalarini bajarishga 48 soatlik cheklov (“muzlatish davri”) joriy qilinadi.
Cheklovni olib tashlash uchun mijoz bank bilan bog‘lanib, kreditni firibgarlar ta’sirisiz olganini tasdiqlashi zarur.
Bu tartib 2025 yil 1 aprelgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi
Jahon | 08:44
-
Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi
Jahon | 08:37
-
Vengriya bosh vaziri: Rossiya NATO uchun tahdid emas
Jahon | 08:00
-
Isroil – Eron urushi: hech kim yutmadi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

11:42 / 25.06.2025
O‘zbekistonda sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi

09:41 / 25.06.2025
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

09:17 / 20.06.2025