Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi
31 yoshli shaxs dorixonaga bostirib kirib, sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilgan va kassadan 700 ming so‘m pulni olib qochgan. U shu kunning o‘zida qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxs dorixonaga pichoq ko‘tarib kirib, sotuvchidan pul talab qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, holat Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi dorixonalardan birida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni soat taxminan 23:05 lar atrofida sodir etilgan.
“Har kunlik ish faoliyatimni olib borayotgandim. Soat 23:00da dorixonani yopib, kassaning oldiga kelganimda notanish shaxs dorixonaga bostirib kirdi. So‘ngra qarshilik qilishimga qaramasdan pichoq bilan tahdid qilib, kassadan taxminan 700 ming so‘m atrofidagi pulni olib ketdi”, degan dorixona sotuvchisi.
Shundan so‘ng sotuvchi “102”ga qo‘ng‘iroq qilgan va voqea joyiga tezkor xodimlar yetib borishgan. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs shu kunning o‘zida aniqlanib, protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Yigit o‘sha vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganini, nima ish qilib qo‘yganini bilmay qolganini bildirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib bosqinchilik sodir qilish, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gap aqlbovar qilmas summalar haqida ketmoqda: NATO tarixiy qurollanish dekadasiga kirdi
Jahon | 21:51
-
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi
Jahon | 21:44
-
Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab qoldi
Jahon | 21:41
-
«Sutkasiga 16 soatlab ishlaydi». Rossiyaga Shimoliy Koreyadan 50 ming quruvchi olib kelinadi
Jahon | 21:34
Mavzuga oid

14:00 / 18.06.2025
Ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

12:46 / 16.03.2025