Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sutkasiga 16 soatlab ishlaydi». Rossiyaga Shimoliy Koreyadan 50 ming quruvchi olib kelinadi
Hozirda Rossiyada 15 mingga yaqin KXDR fuqarosi mehnat qilmoqda. Rubl kursi tushgani bois MDH davlatlari migrantlari uchun RFda ishlash u qadar foydali bo‘lmayapti.

Foto: RIA Novosti
2025 yil oxiriga borib Rossiya qurilish obektlarida ishlayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni 50 ming kishidan oshishi mumkin. Bu haqda Eskadra developerlik guruhi direktorlar kengashi raisi yordamchisi Pavel Belensev ma’lum qildi.
«Bugungi kunda Rossiyada 15 mingga yaqin shimoliy koreyalik ishchi bor. Yil oxiriga borib ularning soni 50 ming kishigacha oshadi. Hozirda Shimoliy Koreya ishchilari uchun 153 ming atrofida ariza bor», - deydi u.
Belensevning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya quruvchilari yuqori mehnat intizomi va ish unumdorligi bilan ajralib turadi. Uning ta’kidlashicha, KXDR ishchilari kuniga 12-16 soat ishlaydi va haftada faqat bir kun dam oladi. Turli migrantlar bilan bog‘liq shaxsiy tarjibasiga tayangan Belensev shimoliy koreyaliklarni «eng yaxshi» ishchilar deb atadi. Shuningdek, u KXDR ishchilarining asosiy yo‘nalishi monolit ishlar, fasad va binolarning ichki bezaklari ekanini qo‘shimcha qildi.
Oldinroq Sverdlov oblastida Markaziy Osiyodan borgan migrantlarni Shimoliy Koreya, shuningdek, Hindiston, Pokiston, Keniya va Nigeriyadan kelgan ishchilarga almashtirish boshlangani ma’lum bo‘lgandi. Ta’kidlanishicha, rubl kursi tushgani bois MDH davlatlari migrantlari uchun Rossiyada mehnat qilish u qadar foydali bo‘lmayapti. Afrikalik ishchilardan foydalanish borasidagi birinchi urinish esa kutilmalarni oqlamagan va endi KXDR, Hidniston va Pokiston fuqarolariga ustuvorlik berilmoqda.
Iyun o‘rtalarida RF Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Shimoliy Koreya Kursk oblastiga vayronalarni tiklash ishlari uchun 6 mingga yaqin mutaxassis yuborishini ma’lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun Rossiya o‘quv markazlari ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 10:15
-
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Jamiyat | 09:54
-
Karachidan Toshkent va aSmarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:48
-
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

10:15
O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun Rossiya o‘quv markazlari ochilishi mumkin

22:00 / 08.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:15 / 08.07.2025