Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi
Respublika bo‘yicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlanib, ularni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.

Foto: Kun.uz
Qo‘mita tomonidan Fair tech yagona axborot tizimi orqali dorixonalarda dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmagani holatlari o‘rganib borilgan.
Yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha 2025 yilning o‘tgan davri davomida olib borilgan o‘rganishlarda 225 ta dorixonada 62 704 ta holatda dori vositalarning savdosi bo‘yicha 2,6 milliard so‘m asossiz daromad olingani aniqlandi hamda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Jumladan, ulgurji savdoda:
1744 ta holatda — “Yevro Farm Biznes” MChJ XK;
1695 ta holatda — Tar Pharm Alliance MChJ;
5191 ta holatda — “Garmoniya Farm” MChJ.
Narxlarni asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha yuqoridagi MChJga nisbatan qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi.
Raqobat qo‘mitasi dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari belgilangan narxlariga rioya etilmay sotilgan taqdirda chora ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

14:32 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:13 / 20.06.2025