Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Chirchiq shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.P. fuqaro B.R.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud 18 turdagi 7 129 dona dori vositalarini 5 050 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir davom ettirilib, A.P.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda turli nomdagi 19 974 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, jami 27 103 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

12:08 / 27.05.2025