Baxtiyor Saidov BAA tashqi ishlar va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklarining bir qancha yuqori martabali rasmiylari bilan ko‘rishdi. Rasmiy relizga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat aholisi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilgan.

Foto: TIV
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Baxtiyor Saidov 13 yanvar kuni dastlab BAA bosh vazir o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Biz BAA hukumatining davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibini ilgari surish yo‘lidagi doimiy ko‘magini qadrlaymiz. Uchrashuvda hamkorlikning bir qancha muhim masalalarini muhokama qildik va ikki mamlakat aholisi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratdik», — deyiladi xabarda.
BAA tarafi tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari va ularni ko‘plab sohalarda mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilgan.
«Bu ikki davlat rahbariyatining intilishlari, qarashlari va jamiyatlarimizning umumiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz hozirgi mintaqaviy va xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlarni, mintaqada taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash uchun barqarorlikni mustahkamlash muhimligini muhokama qildik», — deyiladi BAA bosh vaziri o‘rinbosari Sayf bin Zaid X akkauntidagi xabarda.
Shuningdek, Saidov O‘zbekiston prezidentining BAAga tashrifi arafasida 13 yanvar kuni ushbu mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashgan.
«O‘zbekiston va BAA yaqin hamkorligi kundan kunga boyib bormoqda. Bugungi kun tartibimizdan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarimizning eng dolzarb mavzulari, shuningdek, 2025 yilga mo‘ljallangan rejalar o‘rin oldi», — deyiladi xabarda.
BAA tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, vazirlar Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va ularni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilgan.
«Tomonlar iqtisodiyot, savdo, sarmoya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, qayta tiklanadigan energiya va ikki mamlakatning rivojlanish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi sohalar kabi qator sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqdi.
Shayx Abdulloh Bin Zaid BAA O‘zbekiston bilan mustahkam va rivojlanib borayotgan munosabatlarni mustahkamlash va ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik yo‘llarini rivojlantirishga intilishini ta’kidladi», — deyiladi BAA tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh – futbol mamlakati emas. U yerda mundial o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri qaror?
Sport | 17:44
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi
Jamiyat | 17:24
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi
O‘zbekiston | 17:23
-
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi
Jahon | 17:22
Mavzuga oid

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

14:35 / 22.06.2025
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi

01:07 / 17.06.2025
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

21:38 / 16.06.2025