Suriyaning yangi hukumati xorijiy mahsulotlar importiga ruxsat berdi
Bashar Asad boshqaruvi davrida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator chet el tovarlariga yuqori boj qo‘llangan yoki ularni olib kirish butunlay taqiqlangan edi. Xususan, bir dona iPhone uchun 900 dollargacha boj to‘lashga to‘g‘ri kelgan.

Foto: picture-alliance
Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin yangi hukumat mamlakatga chet el mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deb xabar bermoqda Financial Times.
Qayd etilishicha, Suriya do‘konlari peshtaxtalarida Pepsi, Pringles chipslari, Twix va Snickers shirinliklari, Heinz ketchup, Livan bananlari paydo bo‘lgan.
Bashar Asad boshqaruvi davrida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, 2013 yilda fuqarolik urushi boshlanganidan keyin Suriyaga qarshi joriy etilgan xalqaro sanksiyalar tufayli xorij valutasi yetishmasligi hisobiga chet el tovarlarini olib kirish qiyin yoki umuman imkonsiz edi. Ko‘plab xorijiy mahsulotlar Suriyada Livan kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan qo‘shma korxonalar yoki boshqa nomlar ostida ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, Bashar Asad boshqaruvi davrida budjetga tushumlarni oshirish uchun ayrim import tovarlariga yuqori bojlar joriy etilgan. Masalan, o‘tgan yilda bir dona yangi iPhone uchun joriy etilgan boj qiymati 900 dollargacha bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, oxirgi vaqtlarda ko‘plab import tovarlari qo‘shni Turkiya va Livandan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, Suriya «qora bozori»da sotilgan, bu bilan shug‘ullangan savdogarlarga nisbatan esa jarima va boshqa turdagi jazolar qo‘llangan.
Avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi aeroport, Baas partiyasi rejimi ag‘darilganidan keyin birinchi marta xalqaro qatnovlarni tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

11:34 / 17.05.2025
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

23:45 / 13.05.2025