«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
Klub o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovringa ega bo‘ldi. Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi.

Foto: Getty Images
Angliya kubogi, final
«Kristal Pelas» – «Manchester Siti» 1:0
Gol: Eze 17
Aniq ijro etilmagan penalti: Marmush 36
«Kristal Pelas»: Henderson, Munioz, Richards, Lakrua, Gehi (Lerma 61), Mitchell, Varton (Hyus 87), Kamada, Sarr, Eze, Mateta (Nketiya 78).
«Manchester Siti»: Moreno, Akanji, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Bernardu (Gundo‘g‘an 88), De Bryuyne, Savinio (Foden 76), Marmush (Echeverri 76), Doku, Holand.
Ogohlantirishlar: Henderson 90+1 – O'Rayli 66, Bernardu 75, Diash 82, De Bryuyne 85, Echeverri 90+4.
Angliya Kubogi finalida Londonning «Kristal Pelas» klubi «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin 17 may kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Yagona gol Eberechi Eze tomonidan 16-daqiqada urildi. 36-daqiqada «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush penaltini aniq amalga oshira olmadi – misrlik hujumchining zarbasini darvozabon Din Henderson qaytardi.
Umuman olganda, Henderson butun o‘yin davomida yaxshi harakat qilib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi. Lekin o‘yindan keyin barcha jamoadoshlari qatori kumush medal bilan taqdirlandi, buning katta futboldagi ilk medalidir.
«Kristal Pelas» o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. Klub o‘z tarixida uchinchi marta Angliya Kubogi finalida o‘ynadi. 1990 va 2016 yillarda jamoa hal qiluvchi bahslarda «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

16:24 / 05.06.2025