Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Isroil armiyasi bu operatsiyaning dastlabki bosqichidagi maqsad - garovga olinganlarni ozod qilish va HAMAS harakatini yo‘q qilish ekanini ta’kidlamoqda.

Foto: Israel Defense Forces
Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorida «Gideon jangovar aravalari» nomini olgan yangi yirik harbiy operatsiyaning birinchi bosqichini boshladi. Gap anklavning «strategik hududlari»ni nazoratga olish haqida ketmoqda. Bu haqda RBK-Ukraina Isroil mudofaa kuchlari (IDF) va The Times of Israel nashrlariga tayanib xabar berdi.
Isroil Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, so‘nggi 24 soat ichida armiya «keng ko‘lamli hujumlar uyushtirgan va G‘azo sektoridagi strategik hududlarni egallash uchun kuchlarni safarbar qilgan».
Isroil armiyasi ta’kidlaganidek, bu «operatsiyaning dastlabki bosqichi va G‘azodagi urushning barcha maqsadlariga erishish, jumladan, garovga olinganlarni ozod qilish va HAMAS harakatini yo‘q qilish uchun» amalga oshirilmoqda.
Isroil rasmiylari ommaviy axborot vositalariga operatsiya quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan:
- Isroil armiyasining G‘azoni «zabt etishi» va hudud ustidan nazoratni saqlab turishi;
- Falastin tinch aholisini janubga ko‘chirish;
- HAMAS jangarilariga hujum qilish;
- guruhning gumanitar yordam ta’minoti ustidan nazoratni qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik.
5 may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorida yanada shiddatli hujum boshlanishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning asosiy maqsadi o‘zgarishsiz qolmoqda – HAMAS guruhini yo‘q qilish.
13 may kuni Netanyahu G‘azodagi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishini e’lon qildi va HAMAS «u yerda qolmasligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid

21:42 / 15.06.2025
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar

14:13 / 15.06.2025
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22 / 15.06.2025
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46 / 15.06.2025