Keniyadagi qishloqqa osmondan yarim tonnalik metall halqa qulab tushdi
Nayrobidan 120 kilometr janubi-sharqda joylashgan Mukuku qishlog‘iga diametri 2,5 metrga yetadigan metall halqa qulab tushdi. Keniya kosmik agentligi bu tashuvchi raketaning bir qismi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Keniya poytaxti Nayrobidan 120 kilometr janubi-sharqda joylashgan Mukuku qishlog‘iga 30 dekabr kuni osmondan diametri 2,5 metrga, og‘irligi esa yarim tonnaga yaqin metall halqa qulab tushdi. Bu haqda Keniya kosmik agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qulab tushgan metall bo‘lagi tashuvchi raketaning ajratuvchi halqasiga o‘xshab ketadi. «Bunday obektlar odatda Yer atmosferasiga kirishda yonib ketishga yoki okean kabi kimsasiz hududlarga tushishga mo‘ljallangan», — deyiladi agentlik xabarida. Agentlik halqaning qulashini «yagona hodisa» deb atab, uni xalqaro kosmik huquqlar doirasida tergov qiladi.
Guvohlardan birining aytishicha, u sigiriga qarayotganida gumburlash ovozini eshitgan, shundan keyin qishloqning boshqa aholisi ham «osmondan sekin qulayotgan» qizil rangli ulkan halqasimon obektni ko‘rgan. Halqa yerga tushgach sovib, kulrang bo‘lib qolgan.
Halqaning qulashi oqibatida mahalliy aholiga zarar yetmagan. Keniya kosmik agentligi ushbu obekt xavf tug‘dirmasligi va o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
2024 yilda Yevropa kosmik agentligi Yerning quyi orbitasida 14 ming tonnadan ziyod materiallar borligi, ularning uchdan bir qismi — kosmik chiqindilar ekanini ma’lum qilgandi. Har yili yangi parvozlar amalga oshirilishi hisobiga ushbu chiqindilar hajmi ortib boradi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

20:00 / 16.04.2025
Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi

20:20 / 30.03.2025