Chexiya parlamenti rossiyaliklar uchun fuqarolik olish huquqini chekladi
Yangi qonunga ko‘ra, rossiyaliklar Chexiya fuqaroligini faqat Rossiya pasportidan voz kechish orqali olishlari mumkin bo‘ladi. Agar qonun loyihasi Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, u 2025 yil fevralidan kuchga kiradi.

Foto: vinegret.cz
Chexiyada parlament a’zolari uchinchi o‘qishda rossiyaliklarning Chexiya fuqaroligini olish imkoniyatini cheklovchi Lex Ukrajina VII qonun loyihasini ma’qulladilar. Chexiyaning Novinky internet nashri 18 dekabr, chorshanba kuni tushuntirganidek, endi Chexiya pasportini olish uchun ular Rossiya fuqaroligidan voz kechishlari kerak bo‘ladi.
Yozilishicha, «o‘zgartirish shuningdek, 15 yoshdan oshgan rossiyaliklar uchun Chexiya fuqaroligini olish uchun barcha arizalarni, shu jumladan ilgari berilgan arizalarni noma’lum muddatga to‘liq muzlatishni nazarda tutadi».
«Chexiyadan boshpana olgan shaxslar, shuningdek, mamlakat rasmiylarining fikricha, u uchun katta ahamiyatga ega bo‘lganlar uchun istisnolar qo‘llaniladi», — deya aniqlik kiritadi nashr.
Ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoya muddatini uzaytirish
Qonunning yana bir qoidasi Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish muddatini uzaytiradi. Shu paytgacha uning muddati 2025 yil 31 martda tugashi kutilgan edi. Endi bu muddat yana bir yilga orqaga surilishi mumkinligi bilan bir yilga qoldirildi.
Shu bilan birga, barqaror ish joyi bo‘lgan va davlatdan yordam olmagan qochqinlar uzoq muddatga maxsus yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin bo‘ladi. Nashrning qayd etishicha, besh yildan so‘ng ular doimiy yashash huquqi uchun ariza berishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z navbatida, Chexiya ichki ishlar vaziri Vit Rakushan «otashkesim mavjud bo‘lganda, urush tugashi bilan vaqtinchalik himoyani ta’minlash to‘xtatilishi kerakligini» ta’kidladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda vaqtinchalik himoyani olgan qochqinlarning maqomi saqlanib qoladi. Boshqa barcha boshpana izlovchilar bundan buyon «standart mexanizmlardan» o‘tishlari kerak, dedi u. Novinky'ga ko‘ra, hozirda Chexiyada 380 ming ukrainalik qochqin istiqomat qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
Mavzuga oid

12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi

23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

08:40 / 13.05.2025