Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
Praga sudi VGTRKning sobiq boshlovchisi Farida Qurbongaleyevaning Rossiyaga ekstraditsiya qilinishini nomaqbul deb atadi va shu bilan Rossiya Bosh prokuraturasi so‘rovini rad etdi.

Foto: haqqin.az
Chexiya hukumati Pragada yashovchi rossiyalik jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi, unga nisbatan Rossiyada bir vaqtning o‘zida ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Chexiya poytaxti shahar sudi Rossiya Bosh prokuraturasining uni ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovini rad etdi, deb xabar berdi Seznam Zprávy Chexiya axborot portali 22 may, payshanba kuni. «Sud ekstraditsiyani qabul qilib bo‘lmaydigan deb topdi», dedi sudya Tomash Kubovets qarorni o‘qib eshittirar ekan. Rossiyaning VGTRK davlat kompaniyasining sobiq teleboshlovchisi sog‘lig‘i holati tufayli ushbu majlisga kelmadi, deb yozadi portal. Qurbongaleyevani advokat himoya qildi.
Shu yilning fevral oyida Farida Qurbongaleyeva Facebookʼda Rossiya Bosh prokuraturasi Chexiya rasmiylaridan uni ekstraditsiya qilishni talab etgani, bu haqda Chexiya politsiyasi Qurbongaleyevani yozma ravishda xabardor qilgani haqida xabar bergan edi. «Bu, shubhasiz, men uchun katta sharaf, chunki Rossiya shu tariqa mening rejimga qarshi kurashga qo‘shgan hissamni tan oladi», — deb yozadi jurnalist. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktubda ekstraditsiya uchun asos ko‘rsatilmagan. Uning ta’kidlashicha, gap ikki jinoiy ish — «terrorizmni oqlash» va Rossiya Qurolli kuchlari haqidagi «feyklar» haqida ketyapti.
2024 yil oktyabr oyida Rossiya hukumati Qurbongaleyevani xalqaro qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. «Qurbangaleyeva va boshqa noma’lum shaxslarga nisbatan jinoiy ish 2024 yil 11 may kuni ochilgan», — deya xabar beradi RIA «Novosti». Jurnalist bilan bir qatorda Qurbongaleyevaga intervyu bergan «Rossiya erkinligi» legioni ko‘ngillisi Aleksey Baranovskiy ham ishda ishtirok etmoqda.
2024 yilda Rossiya Adliya vazirligi Qurbongaleyevani «chet el agenti» deb e’lon qildi. Shuningdek, jurnalist «terrorchilar va ekstremistlar» reyestriga kiritilib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

21:41 / 23.06.2025
«Krokus»dagi terakt bo‘yicha tergov ishi yakunlandi

20:22 / 23.06.2025
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

18:39 / 23.06.2025
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda

16:27 / 23.06.2025